Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 18
Гостей: 18
Пользователей: 0
Реклама

08:16:01
9 oktabr — Butunjahon pochta kuni
9 oktabr — Butunjahon pochta kuni
 
9 oktabr — Butunjahon pochta kuni

Butunjahon pochta kuni – Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida keng nishonlanadigan xalqaro bayramlardan biri hisoblanadi. 
Butunjahon pochta ittifoqi 1874 yil 9 oktabrda tashkil qilingan, uning tarkibiga 191 mamlakat kiradi.
O‘zbekiston 1994 yilning 24 fevralida ana shu nufuzli tashkilotga teng huquqli a'zo bo‘lib kirgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, jahon pochta bozorida yozuvli xat-xabarlar segmenti 450 mlrd. pochta jo‘natmalarini tashkil etadi, bulardan 440 mlrd. ichki va 10 mlrd. xalqaro jo‘natmalardir. Ushbu bozorda pochta jo‘natmalari segmenti 5 mlrd.ni tashkil etadi.
 
 
Pochtaning tashkil etilishi va rivojlanishi asrlarga teng. Davlatlar o‘rtasida savdo-sotiq va boshqa aloqalar bilan bir qatorda, axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish zarurati tug‘ilgan. Shu taxlit yuzaga kelgan pochta shakllanish jarayonini boshdan kechirgach, to‘laqonli xizmat sifatida faoliyat boshladi. Ammo, har bir davlat pochta yetkazishda o‘z talablarini ilgari surar, bu esa xat-xabarlarni yetkazib berishda muammolar tug‘dirardi. O‘shanda o‘z-o‘zidan bu muammolarni tartibga soladigan yagona xalqaro pochta tashkilotini tuzish zarurati paydo bo‘ldi. 
 
1874 yilning 9 oktabrida Shveysariyada 22 mamlakat vakillari umumiy pochta shartnomasini imzolashdi. 1878 yilning birinchi mayida ikkinchi kongress o‘tkazildi va unda pochta ittifoqining nomi o‘zgartirildi. Shunday qilib, u "umumiy" emas, Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) dea yuritila boshlandi. Unga a'zo mamlakatlar soni ham tobora oshib bordi. Bugungi kunda xalqaro pochta o‘z mijozlarining 6800 tilida gaplasha oladi. 191 a'zo mamlakatni jamlagan BPI esa dunyodagi eng yirik tarmoqqa aylandi. Ushbu a'zo mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor. 
 
BPI vazifalari
 
Butunjahon pochta ittifoqining vazifalari quyidagilardan iborat:
 
— Butunjahon pochta konvensiyasi va qo‘shimcha kelishuvlar yordamida yagona shakldagi xalqaro pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish va xalqaro pochta almashinuvlarini yengillashtirish.
 
— Ittifoq a'zo-davlatlarining pochta sohasidagi hamkorligini tashkil etish.
 
— Xalqaro pochta aloqasi uchun tariflarni o‘rnatish. 
 
— Ittifoq a'zolari o‘rtasidagi bahsli masalalarni tartibga solish. 
 
BPI yodgorligi
 
Butunjahon pochta ittifoqi sharafiga Bernda yodgorlik barpo etilgan. 1902 yili xalqaro tanlov e'lon qilinib, 122ta eskiz qabul qilindi. Haykaltaroshlarga yodgorlikni tayyorlash, xom ashyo borasida erkinlik berilgandi. Hay'at kelib tushgan eskizlardan oltitasida to‘xtaldi va ularning mualliflariga o‘z asarlarini batafsilroq tayyorlab berish vazifasi yuklatildi. Tanlovning ikkinchi bosqichida fransiyalik haykaltarosh Rene de Sen-Marso g‘olib deb topildi.
 
Yodgorlik bulutlar orasidagi yer shari shaklida tasvirlangan. Yer sharini besh nafar ayol tasviridagi haykallar qurshab olgan. 
 
Hamkorlik aloqalari
 
Respublikamiz ushbu ittifoq doirasida ko‘plab mamlakatlar pochta tizimlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
 
"O‘zbekiston pochtasi" OAJ dunyoning 92 mamlakati bilan pochta jo‘natmalarini ayirboshlash tizimini yo‘lga qo‘ydi. Rossiya, AQSh, Germaniya, Ukraina, Qozog‘iston, Turkiya, Korea Respublikasi pochta tizimlari bu hamkorlikda salmoqli o‘rin tutadi.
 
O‘zbekiston pochta mutaxassislari 2004-2010 yillarga mo‘ljallangan uchta loyihasini BPI qoshidagi Aloqa xizmatlarini rivojlantirish fondi e'tiboriga havola etgan edi. Ulardan ikkitasi bugun amaliyotga to‘la tatbiq etildi. Uchinchi loyiha ham ishlab chiqarishga joriy etilish arafasida.
 
2010 yili Bernda Butunjahon pochta ittifoqi tomonidan tashkil qilingan sifat xizmatini yaxshilash Fondi Ko‘mak kengashining qaroriga asosan "O‘zbekiston pochtasi" OAJda respublika ichki magistral avtomobil yo‘nalishida xat-xabarlar o‘tishini yaxshilash loyihasi eng yaxshi tatbiq etilgani uchun jamiyat mukofotlangan. 
 
Butunjahon pochta kuni xalqaro bayram sifatida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Bayram munosabati bilan barcha pochta xodimlarini tabriklaymiz.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Новости фильма | Просмотров: 1718 | Добавил: uzcinema | Теги: 9 oktabr — Butunjahon pochta kuni | Рейтинг: 5.0/2

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 0
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024