Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 20
Гостей: 20
Пользователей: 0
Реклама

07:52:51
Aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda
Aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda
 
Aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda

Xabaringiz bor — 7 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 16 da«Yak Servis» aviakompaniyasiga qarashli «Yak-42D» samolyoti Yaroslavldagi«Tunoshna» aeroportidan ko‘tarilayotib halokatga uchragan, ya’ni Volga daryosi qirg‘og‘iga qulagan edi. Uning bortida 45 kishi bo‘lib, ularning 37 nafari«Lokomotiv» xokkey klubi sportchilari va trenerlari, 8 nafari esa ekipaj a’zolari edi.«Interfaks» AA ma’lum qilishicha, xokkeychilar navbatdagi o‘yinda ishtirok etish uchun Minskka yo‘l olgan edilar. Yaroslavl oblasti gubernatori qaroriga ko‘ra, hududda uch kunlik motam o‘tkazildi.Fojiada halok bo‘lganlarning oilalarigaesa shahar va oblast ma’muriyatlari 450 ming rubldan tovon pulito‘laydigan bo‘ldi, aviakompaniya 2 million rubldan. Voqeaga guvoh bo‘lganlarning aytishlaricha, samolyot ko‘tarilayotib yetarlicha tezlik ololmagan. Vaholanki, uchish maydonining uzunligi 3 kilometr edi. Halokat sabablarini o‘rganish va surishtiruv o‘tkazish komissiyasi ma’lumotlariga qaraganda, ekipaj samolyotda biror-bir texnik nosozlik yuzaga kelganligi haqida dispetcherlik markazigaxabar bermagan. Radioaloqa samolyot parvozga ko‘tarilayotgan paytda uzilgan. Surishtiruv-tergov qo‘mitasi bayon qilishicha, portlovchi moddalar va u bilan bog‘liq izlar topilmagan.Rossiya Federatsiyasi havodagi harakatlar tashkilotining yagona tizimi bosh markazi tasdiqlashicha,«Tunoshna» aeroporti har qanday samolyotlarni qabul qilishga va havo laynerlari ko‘tarilishiga yaroqli. Buning ustiga, Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi 2009 yili «Yak Servis» aviakompaniyasini Rossiyadagi aviatashuvlarni amalga oshiradigan boshqa kompaniyalarga qaraganda eng xavfsizi, deya tan olgan. Ushbu laynerning havoga ko‘tarilishi uchun mas’ulbo‘lgan aviadispetcherning gaplariga qaraganda, samolyot uzoq masofagacha tezlik ololmagan va yerdan uzilish nuqtasidan ancha o‘tib havoga ko‘tarilgan. Ammo... Fojianing barcha qurbonlari jasadlari Volga daryosi tubidan g‘ovvoslar yordamida olib chiqildi. Samolyotning ikkala«qora qutisi» ham suvdan topildi. Mutaxassislar undagi barcha so‘zlashuv yozuvlarini tahlil qilib, halokat sabablarini aniqlamoqdalar. Fojia joyiga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedev tashrif buyurdi. U mamlakatdagi aviakompaniyalar soni tezda qisqartirilishi va mavjud aviakompaniyalarning barchasida ekipaj a’zolarining parvozlargatayyorgarlik malakasini tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risida hukumatga topshiriq berdi. Transport vaziri o‘rinbosari V. Okulov esafaoliyati to‘xtatilishi kerak bo‘lgan aviakompaniyalar ro‘yxati tuzilayotganini ma’lum qildi.«Rossaviatsiya» manbalarida qayd etilishicha, ayni paytda mamlakatda 138 ta aviakompaniya faoliyat yuritmoqda. 16 ta aviakompaniya 57 ta«Yak-42D» samolyotidan foydalanadi. Yaroslavl ostonasidagi mazkur aviahalokatdan so‘ng«Rostransnadzor» tashkiloti bu turdagi barcha laynerlarning texnik holatini tekshiruvdan o‘tkazishni boshladi. Hozirgacha «Yak Servis»,«Grozniy Avia»,«Gazprom avia»,«KrasAvia» aviakompaniyalari tasarrufidagi samolyotlardan 8 ta«Yak-42D» havo laynerining parvozini taqiqladi. Komissiya vakillarining aytishlaricha, bu samolyotlarning texnik holati zamon talabiga javob bermaganligi boisulardan foydalanib bo‘lmaydi. Darvoqe,«Yak Servis» aviakompaniyasi 1993 yilda tashkil topgan. U biznes-klassli samolyotlardan foydalanuvchi VIP-tashuvga ixtisoslashgan. Rossiya poytaxtidagi «Vnukovo»va «Bikovo» aeroportlariuning bazaviy asoschilari hisoblanadi.«Yak Servis» aviakompaniyasi ixtiyorida 4 ta «Yak-40» va 1 ta «Yak-42D» havo layneri bor. Yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, «Yak-42D» samolyoti 1977 yildan ishlab chiqarila boshlangan. Halokatga uchragan samolyot esa 1993 yili ishlab chiqarilgan.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Новости фильма | Просмотров: 1643 | Добавил: Filmla | Теги: Aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda | Рейтинг: 5.0/2

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 0
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024