Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 16
Гостей: 16
Пользователей: 0
Реклама

08:23:29
Birinchi muhabbatim...(qalbimda so'nmas ohim)
Birinchi muhabbatim...(qalbimda so'nmas ohim)
 
Birinchi muhabbatim...(qalbimda so'nmas ohim)

Birinchi muhabbatimni eslaganimda, ko‘zimga yosh keladi doim. Yig‘lagim keladi beixtiyor... Uning munis chehrasi ko‘z oldimga kelganda, o‘zimni aybdor his qila boshlayman. Qanchalar yosh, sodda edi u. Men qanchalik sevardim uni. Shunchalar sevardimki, shamolni ham ravo ko‘rmasdim. Ko‘zlari yoshlanishini, ko‘ngli qayg‘u nimaligini bilishini istamasdim. Lablarida hamisha tabassum bo‘lishini xohlardim. Ammo u negadir doim g‘amgin yurardi. Ko‘zlari ma’yus boqardi menga. Nega bunchalik tushkun yurishi sababini tushunolmasdim. Sababini so‘raganimda, mahzun jilmayish bilan kifoyalanardi, dardini aytishni istamasdi sira. Qanchalik qistamay, tayinli javob ololmasdim. Bundan ko‘p siqilardim, lekin unga qattiq gapirolmasdim. Bir kuni uning kasalxonada yotganidan xabar topdim-u, ko‘nglim yomon xijil bo‘ldi. Yomon hodisa yuz beradigandek yuragimga g‘ulg‘ula tushdi. Imkon topishim bilan kasalxonaga yugurib bordim. Uning ahvoli og‘ir ekan. Doktorlardan so‘rab- surishtirib jigar tsirroziga yo‘liqqanini bildim. Anchadan beri og‘riyotgan ekan. Shuning uchun tez-tez davolanib turarkan. Lekin bu davolanishlar samarali emas ekan... Palataga kirganimda, rangi-ro‘yi bir ahvolda yotganini ko‘rib, yig‘lab yuborishdan o‘zimni zo‘rg‘a tiydim. Meni ko‘rishi bilan o‘rnidan turishga chog‘landi. — Yotaver, yotaver... — yoniga cho‘kkalab, sochlarini silarkanman, nima deyarimni bilmasdim. — Nimaga xafasiz? — so‘radi u quvnoq ohangda gapirishga urinib. — Menga ishonmaganing uchun... Nega shu paytgacha aytmaganding? — men undan chindan ham xafa edim. — Sizga ishonmaganim uchunmas, xafa qilishni istamaganim uchun aytmagandim... — uning ovozi juda past eshitildi. Ko‘zlaridan duvillab yosh quyildi. — Meni kechiring... — Kechirim so‘rama, — o‘zim ham yig‘lab yuborishga tayyor edim. Lekin uning yonida kuchliroq bo‘lishim kerakligini tushunardim. — Seni tushunib turibman. Shuni deb tushkunlikka tushishing yaxshimas. Menga avvalroq aytishing kerak edi... — Foydasi yo‘q... — u ayanchli iljaydi. — Avvalroq aytganimda ham, hech nima o‘zgarmasdi. Buni hech kim o‘zgartirolmaydi. — Hamma dardning davosi bor... — Ajalning davosi yo‘q... — Bo‘lmag‘ur gaplarni qo‘y! — baqirib yubordim o‘zimni tutolmay. — Nega hozirdan bunchalik tushkunlikka tushib qolding?! Aytyapman-ku, hamma dardning davosi bo‘ladi. Faqat astoydil harakat qilish kerak... — Oyim bilan adam ko‘p harakat qilishdi... — uning ko‘z yoshlari tingan, ammo ko‘zlari juda-juda qayg‘uli edi. — Natija bo‘lmadi shu paytgacha. Qancha tabiblarga olib borishdi, davolatishdi... Ahvolim yaxshilangandek bo‘ladi-yu, yana... — Iltimos, unday dema, — uning gaplariga ishonishni, haqiqatni tan olishni istamasdim. — Hali ko‘p yashaysan, bunga ishonchim komil. Faqat umidingni uzmasliging kerak. Dardni bergan Alloh davosini ham beradi. — Koshkiydi... — u yana boyagidek mahzun kulib qo‘ydi. Shu ma’yus tabassumi yuragimni yomon o‘rtab yubordi. Hoziroq undan ajralib qoladigandek qo‘rqib ketdim. Tanishganimizdan beri ilk bor jur’at qilib uning lablaridan o‘pdim. U qarshilik qilmadi... O‘shanda bu bo‘sa birinchisi va oxirgisi bo‘lib qolishini o‘ylamagandim... Uning ahvoli yaxshilanganday bo‘ldi. Lekin bu holat uzoqqa cho‘zilmadi. Bir haftadan so‘ng yana kasalxonaga yotqizishdi. Bu safar o‘zim ham umidsizlikka tushdim. Uning ahvoli juda og‘ir edi. Erta-indin o‘lishiga shubha qilmasdi. Gap- so‘zlaridan ham umidsizlik hidi kelardi. Eng yomoni, men unga qanday dalda berishni, nima deb umidlantirishni bilmasdim. Hamisha burro tilim taskin bera oladigan so‘z topishga kelganda ojizlik qilardi... Yana ikki hafta o‘tdi. Uning ahvoli yaxshilanmadi. Kundan- kun so‘lib boraverdi. Buni ko‘rish menga og‘ir edi. Qo‘limdan hech nima kelmasligini o‘ylab, ich-etimni yerdim. Ammo... Uning o‘lganini eshitganimda, dunyo ko‘zimga qorong‘i ko‘rinib ketdi. Yashagim kelmay qoldi. O‘sha paytda o‘lishga ham tayyor edim. Usiz yashay olishimga ishonmasdim... Yillar o‘tdi. Ayriliq azobi hozir o‘sha kungiday emas, ammo uni eslaganimda, o‘zimni aybdorday sezaman. Uning o‘limida mening ham aybim borday tuyiladi...

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Новости фильма | Просмотров: 2435 | Добавил: Filmla | Теги: Birinchi muhabbatim...(qalbimda so' | Рейтинг: 5.0/2

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 0
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024