Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 30
Гостей: 30
Пользователей: 0
Реклама

08:04:31
Estradamizning, qolaversa "Akfa-Media" ning yorqin yulduzi "Ziyoda" !!!
Estradamizning, qolaversa Akfa-Media ning yorqin yulduzi Ziyoda !!!
 
 
Estradamizning, qolaversa "Akfa-Media" ning yorqin yulduzi "Ziyoda" !!!

Yoqimli ovoz sohibasi ayni kunlarda ham, tinmay izlanishda. Milliy yo'nalishda ijro etgan "Qaro ko'zlar" qo'shig'i ham ko'pchilikning e'tiboriga sazovor bo'ldi. Ha, chindan ham qo'shiq ijro etilishi nisbatdan juda ham ma'romiga yetkazib kuylangan. Ziyodaning jarangdor, yoqimli ovozi qo'shiqning yanada go'zal chiqishiga yondoshdir. Ayniqsa Ziyodaning qo'shiqni yurakdan, e'tibor ila ijro etishi muhlislar qalbiga nafis gul misol yoqimlilik ulashadi. Ayni kundagi ijodlariga nazar solsak ko'plab qo'shiqlari muhlislarga manzur bo'lmoqda. "Nega-Nega", - "Salom bahor", - "Sevmasam bo'lmaydida", - "Onajonim", - "Orzularim", "Hollyvood", - "Ajoyib bayram", - "Kun-tong", - "Sovchilar", - "Sodda qiz", - "Qaro ko'zlar" ... shular jumlasidan ... Eng ko'plab eshitilib, "Hit" darajasiga yetgan qo'shiq bu so'zsiz "Nega-Nega" taronasidir. Ziyodaga tasanno !!! Juda ham mohirlik bilan sitqi-dildan kuylagan. Klip ham tomoshabinlarga ulkan ta'surotlarni hadya eta oldi. Ziyodaning ijodiga ko'z tegmasin ! Shular qatorida yana bir tarona muhlislar qalbiga juda ham cheksiz ta'surot va yoqimlilik qoldira oldi. "Sodda qiz" qo'shig'i. Radiolarda ko'plab maqtovu-takliflarga sazovor bo'lib, ko'p bor tinglandi. Ha, qoyil qolsangiz arziydi. "Sodda qiz" qo'shig'iga e'tibor bersangiz, unda oddiy bir, qalb dunyo qarashi beg'ubor, soddagina qizning sevgisi tasvirlab berilgan. Ma'no jihatdan ham keng tarzda yoritib berilgan. Umuman olganda Ziyodaning ko'pgina qo'shiqlari muvaffaqqiyatli chiqadi. "Nega-Nega" taronasi 2 oy tinimsiz tinglandi. Muhlislar qalbidan o'zgacha o'rin olgan bu qo'shiq 2 oyning eng yaxshi qo'shiqlaridan biri nomiga sazovor bo'ldi. Kulib turib, orqangizdan xanjar uradigan do'stlarni tasvirlab berishgan. Kimlardir bu qo'shiqni yig'lab tinglashdi. Shunchalik qalbga yaqin kuylanganki, inson ko'ngliga yo'l topib, uning dardli kechinmalari ifodalay olgan ... Muhlislar: "Bu qo'shiq Ziyodaning hayotidan olinganmi ?" - deb ko'plab savollar berishdi. Bu tabiiy hol edi. Lekin unday emas. Bu qo'shiqni Ziyodaning hayotiga aloqasi yo'q. "Sodda qiz" qo'shig'ida ham shu savolni ko'plab muhlislar berishdi. "Sodda qiz" qo'shig'i ham Ziyodaning hayotidan olinmagan ... Yana bir qo'shiq esa tanqidga uchradi. "Qanaqasiga ?" - deysizmi ? "Kun-tong" qo'shig'i. Yoki uning yana bir nomlanishi "G'oya" ... Tanqid qilingani har ikki tomonlama. Klip ham, qo'shiq ham ... Klip haqida gapirsak, klipda bachkanalik haddan ziyod ko'zga tashlangani va hazil tariqasidagi buzg'unchilik tasvirlangani muhlislarga uncha xush kelmadi. Klipda Ziyoda sevgan insonini rashk qilib, hazil tariqasidagi holatlarni namoyon qilgani tanqidga olindi. Lekin Ziyoda bunga javoban bu klip hazil tariqasida quvnoq olinganini va klip so'ngida ko'zini qisib, hazil ekanini ifodalab olinganligini takidlab o'tdi ... Xo'sh, unda qo'shiqchi ? Nega tanqid qilindi ? Gap shundaki so'ngi paytlarda Ziyoda chet davlatlarining qo'shiqchilariga qarab taqlid qilganmish. "Kun-tong" qo'shig'ida ovozini xuddi qo'shiqchi "Shakira" ning ovoziga o'xshatganligi yaqqol bilinib qoldi. Umuman olganda qo'shiq yomon chiqmagan. Muhlislarga yoqdiyu, ovoz taqlid qilinganligi tanqidga uchradi. Buni mayli, Ziyodaning o'zi hal qiladi. Uning sevimli muhlislari barcha qo'shiqlarini sevib tinglashadi. Ziyoda yaqin kunlar ichida yana bir yangi klipni muhlislar e'tiboriga taqdim etish niyatida. Yangi mp3 formatidagi qo'shiqlarni ham saytlardan ko'chirib olishingiz mumkin. Ziyodaning ijodlariga ulkan omadlar tilaymiz va "Nega-Nega" dek super hitlarni kutib qolamiz ..

Категория: Шоу бизнес | Просмотров: 1952 | Добавил: uzcinema | Теги: Estradamizning, qolaversa Akfa-Media ning yorqin yu | Рейтинг: 5.0/2

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 0
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024