Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 29
Гостей: 29
Пользователей: 0
Реклама

07:54:31
Kuzatuv. KINO OLAMINING IZDOSH VAKILLARI. 3 YOSH RЕJISSYOR O’Z O’RNINI MUSTAHKAM EGALLADI! YAQIN KUNLARDA ULAR SUPER PREMERALARINI BOSHLASH
Kuzatuv. KINO OLAMINING IZDOSH VAKILLARI. 3 YOSH RЕJISSYOR O’Z O’RNINI
 
Kuzatuv. KINO OLAMINING IZDOSH VAKILLARI. 3 YOSH RЕJISSYOR O’Z O’RNINI MUSTAHKAM EGALLADI! YAQIN KUNLARDA ULAR SUPER PREMERALARINI BOSHLASH

O’tgan gal sizga kino olamining eng kuchli 4 rejissyori haqida fikrlarimizni havola etgandik. Bu gal esa kuchli rejissyorlar ortidan ergashib kino olamiga kirib kelgan va yoshlar orasida muxlis orttirayotgan 4 yosh rejissyorni ham sizga havola etamiz. Zero, ular mustaqillik yillarida yuzaga chiqqan iste’dod egalari hisoblanishadi. Shunday qilib kuchli rejissyorlar izdoshlari sifatida kino maydoniga so’nggi yillarda bir qancha yosh iste’dodli rejissyorlar ham kirib kelishdi-ki, ularni o’zbek milliy kinosiga yangicha "nafas” olib kirishgani bilan e’tiborga sazovor. Sahifamizda debyut ishlaridan tortib bugungi ishlarigacha professionallik aks ettira olgan va o’z o’rnida reytingga ega bo’lgan yana uch rejissyorga to’xtalamiz...
 
 
Sanjar Shodiyev
 
"Ortiqcha omad” filmini namoyish etgan bu rejissyorga ko’pchilik aktyorligini qilaversa ham bo’lardi, kabi so’zlarni aytishgan bo’lsa, "Yetti haykal, bir kal” Sanjar Shodiyevning qanday iste’dodga ega ekanligini ko’rsatib qo’ydi. Shu filmdan keyin uning shaxsiga ham ijodiga ham o’ylanib fikr bildiriladigan bo’ldi. Negaki, "Yetti haykal, bir kal” o’z uslubi va yo’nalishi bilan so’nggi paytda suratga olingan juda ko’plab komik filmlarni bir chetga surib qo’ya qoldi. Shundan so’ng ko’pchilik yana kutilmagan holatga duch keldi. Oradan ko’p o’tmay Sanjar yangi "Qalb ko’zi” nomli dramatik filmini namoyish etib, har ikkala yo’nalishda ham teng ijod qila olishi mumkinligini isbotladi. Garchi bu rejissyor faoliyatida hozirgacha birorta yosh qiyofani kashf etish holati uchramagan bo’lsa-da, ammo katta yoshli, salohaiyatga ega san’atkorlarni filmlariga taklif qilish borasida u ko’pchilikni ortda qoldirib ketdi. Uning eng yutuq tomoni ham ayrim sabablarga ko’ra ekranlarimizdan uzoqlashb qolgan aktyorlarimizni ekranga qaytara olganida!
 
 
 
Abduvohid G’aniev
 
"Sevginator-1-2” filmlari orqali Rustam Sa’diyevning eng munosib shogirdi ekanligini isbotlagan bu rejissyor haligacha ustozi va ustozining ham ustozlaridan maslahat olishni kanda qilmaydi. Abduvohid G’aniyevning eng katta yutug’i esa kartinalarida bachkanalikning kuzatilmasligi. Kamchiliklari bo’lishi mumkin, lekin voqealarni o’z qolipidan chetga chiqarib yubormaydi. Buni hozir sizga havola etadigan yana ikki film nomidan ham bilib olsangiz bo’ladi. Ulardan biri "O’zimdan o’zimgacha”, ikkinchisi "Dada”. Abduvohid Ulug’bek Qodirov, Manzura, Dilnoza Kubayeva va Adiz Rajabov kabi aktyorlardan yaxshi foydalana oldi. Hozirgacha ham u to’xtab qolgani yo’q.
 
 
 
Jahongir Ahmedov
 
"Uylanish”, "Omad”, "Qorako’z” kartinalari bilan shuhrat qozongan va eng muhimi kino olamida Alisher Uzoqov nomini jaranglata olgan rejissyor sifatida uni bemalol e’tirof etishimiz mumkin. Negaki, ketma-ket suratga olingan filmlaridagi asosiy bosh qahramon Alisher Uzoqov bo’ldi. Bugungacha ham shu holat davom etyapti. Garchi Jahongir "Omad” filmiga Bobur Yo’ldoshevni taklif etgan bo’lsa-da, boshqalarida ko’z o’zgarishlarni yuzaga keltirgani yo’q. Ketma-ketlikdan to’xtamagani, muttasil izlanishlarni davom ettirayotgani bilan Jahongir Ahmedov yosh professionallar ro’yxatida o’ziga xos o’rin egalladi. Uning mavzusi esa yoshlar o’rtasidagi muhabbatning turli holatlardagi sinovi. Yutug’i esa film so’nggida muhabbatning g’olib kelishi va yoshlarning bir-birlariga yetishishi.
 
 
 
Akbar Bekturdiyev
 
Garchi hali yosh bo’lishiga qaramay bu rejissyor ham dramatik filmlarni maromiga yetkazib ishlab qo’yishini ko’rsata oldi. Akbarning nomi bilan bog’liq uch filmni kino tomoshabinlarga eslatishning o’zi kifoya bo’lsa kerak. Bular "So’nggi lahza”, "Xavfli sarguzasht” va "Hur qiz”! "So’nggi lahza” filmi orqali Alisher Uzoqovning dramatik obrazlarda ham yorqinroq bo’lishini isbotlagan, "Hur qiz” orqali katta yoshli professional aktyorlardan ham yaxshigina foydalana olishini isbotlagan. Shundan ham ko’rinib turibdiki, Akbar Bekturdiyev reytingparad uchun emas, balki sifatli ish qilish kerakligini isbotlayotgan rejissyorlar safiga kirib ulgurdi.
 
Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, sizga havola etgan 4 rejissyor bugun kino olamida o’z "nafas”iga ega. Ular safiga kirishga harakat qilayotganlar ham ko’pchilikni tashkil qiladi. Masalan, Ravshan Norboyev, Mansur Sulaymonov, Feruza Egamberdiyevalarning ham filmlari tomoshabin ko’rigidan o’tdi. Faqat ularni keyingi ishlari kam kuzatilyapti, xolos. Shunday qilib, xususiy kino ijodkorlarining ham faoliyatlarini bir sarhisob qilib oldik. Eslatib o’tamiz, quyidagi o’rinlar hech qanday rasmiy asosga ega emas. Bu shunchaki bizning kuzatuvlarimiz orqali yuzaga keldi, xolos. Muhimi mana shunday professional rejissyorlarning yetishib chiqqani va ularning bugungi va ertangi o’zbek kinosi uchun qayg’urishayotganidir.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Шоу бизнес | Просмотров: 2131 | Добавил: uzcinema | Теги: Kuzatuv. KINO OLAMINING IZDOSH VAKI | Рейтинг: 5.0/2

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 0
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024