Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 16
Гостей: 16
Пользователей: 0
Реклама

22:53:48
Men O'zimni sevaman!
Men O'zimni sevaman!

Men O'zimni sevaman!
Bu men. Yozayotganlarim esa men haqimda. Bu mening istagim. Yani yozishni xohlaganlarimdan so’ng bitgan bitiklarim. Bilasizmi, men o’zimni juda yaxshi ko’raman! Balki, sevarman ham…
Har kun tongda raqsga tushib, kayfiyatrimni ko’tarishni, qolaversa jismonan chiniqishni odat qilganman. Nonushtada ham o’zim sevgan barcha shirinliklarni tortinmay yeyman! Oyijonim: - "Hoy, har kuni shirinlik yeyavermasdan, tuzukroq ovqatlan!” deydilar. Men aytaman: - "Axir shirinlik kayfiyatni ko’taradi-da!” Oynaga qarab, - "Men juda ham chiroyliman! Dunyodagi eng quvnoq, eng yoqimtoy, eng aqlli qizman!” deyish esa mening sevgan odatim! Uydan chiqib, ishxona tomon otlanar ekanman, yo’limda chiqqan barcha insonlarga jilmayib qaragim kelaveradi! Mendagi ishonch va ajoyib kayfiyat atrofdagilarga ham o’tishini xohlayman. Bekatga kelgach, avtobus kutarkanman, odamlarni kuzataman. Kimdir telefon orqali gaplashyapti, kimdir mashina yo’liga tikilgancha, transportga ilhaq. Ba’zilar kechikayotganidan asabiy. Kayfiyati yaxshi ko’ringan odamni topish mushkul. Nega ertalabdan odamlar buncha tajang ekana? Axir, kunni qanday boshlasang, xuddi shu tarzda o’tkazasan deyishardiku! To’g’ri, hammaning ham o’ziga yarasha tashvish va muammolari bor, lekin inson kuchli va irodali bo’lishi uchun eng avvalo o’ziga ishonch bilan, faqat yaxshi narsalarni o’ylab, ularga intilib yurishi kerak-ku! Buning uchun eng birinchi qadam – o’zini yaxshi ko’rishdan boshlanadi! O’zini yaxshi ko’rgan inson o’zini qiyin vaziyatlarda qoldirmaydi. Bordiyu, shunaqa vaziyatga duch kelib qolsa ham, uddaburonlik bilan yo’l topib ketadi!
Odamlarni kuzatish bilan bo’lib, avtobus kelganini ham payqamay qolibman. Darrov avtobusga chiqdim va bo’sh o’rindiqlardan biriga o’tirib oldim. Tashqariga qarab, ko’chalarni, odamlarni, yo’llarni tomosha qilib ketishni yaxshi ko’rganim uchun har safar deraza tarafga joylashaman! Har kungi yo’l, har kungi bekatlar, o’sha ko’chalar… Ularni tomosha qilish yangilik emasdir ham. Ammo, har kuni vaziyat o’zgaradi, odamlar o’zgaradi. Menga o’xshagan kuzatuvchan qiz uchun esa bu ham qiziq! E’tibor beradigan bo’lsak, shahrimiz ko’chalarida yurgan hamshaharlarimizning asosiy qismi yoshlardan iborat ekan. Hamma o’qish va ishga shoshiladi. Hayot qaynayapti!...
Ishxonaga kelib, hamkasblarimni ko’rganimdan keyin kayfiyatim yanada ko’tariladi! Ularning orasida bittagina o’zbek menman! Deyarli hammalari rus. Ular bilan muloqotga kirishganda ayrim ruscha so’zlarni unutib qo’yaman va o’zbekcha aralashtirib ham gapirib ketaveraman. Ular rosa kulishadi! Ammo, meni tushunishadi! Bilmaganlarimni o’rgatib, tushunmaganlarimga ko’mak berishadi. Asosiysi – qo’llab-quvvatlash, mehr-oqibat kabi insoniy tushunchalarni his etib turaman. Kun davomida ishim yuzasidan yuzlab insonlar bilan muloqot qilarkanman, ba’zan charchayman ham. Lekin, bu ham o’ziga yarasha baxt ekan, o’ylab ko’rsam... Odamlar bilan suhbatlashish, ularning xarakteri, ichki dunyosi, qiziqishlari bilan o’rtoqlashish ham boshqacha. Suhbatlashishni yaxshi ko’rganim uchunmi, ko’p chalg’ib, ishimni o’z vaqtida bitira olmayman ba’zan. Shunday vaqtlari ishxonada sal ko’proq qolib ketaman. Uyga borgach, onamdan yaxshigina gap ham eshitib turaman! Ammo, kayfiyatim buzilmaydi. Onamning ko’ngillarini olish uchun hazil-huzil qilib, tezda biror salat yoki shirinlik tayyorlab beraman. Avvaliga oz-moz qovoq solib turslarda, baribir uzoqqacha borolmaydilar! Xullas shunaqa!... Uyquga ketish avvalida o'tgan kunim ko’z o’ngimda xuddi kino plyonkasidek aylanadi. Nimagadir erishsam ham, erishmasam ham men bu kundan mamnunman! Muhimi – yashayapmiz! Mening eng katta yutug’im – o’zimni bugun ham yaxshi ko’ra oldim! Balki, siz buni tushunmayotgandirsiz?... Lekin, inson o’zini seva olgan har bir kuni zoe ketgan kun emasligi haqiqat!...
Siz ham o’zingizni seving. Sevganda ham, hammadan ustun qo’yib emas, insoniy qadr-qimmatingizni, o’zligingizni, o’zingizdagii qobilyat va barcha xususiyatlarni e’zozlagan holda seving! Shunda siz hayotni ham, undagi insonlarni ham qadrlashni o’rganasiz!...

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Разное | Просмотров: 2178 | Добавил: Filmla | Теги: Men O'zimni sevaman! | Рейтинг: 5.0/2

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 0
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024