Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 24
Гостей: 24
Пользователей: 0
Реклама

07:25:32
Muborak Ramazon oyining 9-KUNI
Muborak Ramazon oyining 9-KUNI
 
 
Muborak Ramazon oyining 9-KUNI

Bismillahir rohmanir rohim. Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu! Bugun ramazonning 9-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! Rasululloh SAVning duolari Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a'uvzu bika minal ‘ajzi val kasali val jubni, val buxli val hammi va ‘azabil qobri, Allohumma ati nafsiy taqvoha va zakkiha anta xayru man zakkaha anta valiyyuho va mavlaha, Allohumma inniy a'uvzu bika min ‘ilmin la yanfa'u va min qolbin la yaxsha'u vamin nafsin la tashbau' va min da'vatin la yustajobu laha», deb aytardilar. (Ma'nosi: Allohim, Sening noming ila ojizlikdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, g‘amdan, qabr azobidan panoh tilayman. Allohim, nafsimning taqvosini bergin va uni poklagin va Sen poklovchilarning yaxshisisan. Sen do‘sti va xojasisan. Allohim, Sening noming ila foyda bermaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan va ijobat qilinmaydigan duodan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari. Sahih hadisi shariflar Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloning to‘qson to‘qqizta, (ya'ni) bir kam yuzta ismi bor. Kimki ularni yodlab olsa, jannatga kirgay» - deb marhamat qildilar». (sahih, Buxoriy rivoyati). Sahih hikoyatlar Sa'id ibn Jubayr Ibn Abbos raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Ibrohim alayhissalom o‘zlari va oilalari o‘rtasidagi voqea sodir bo‘lganda Ismoil alayhissalom birlan Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojarni) olib (Shomdan Makka tomon) yo‘lga chiqdilar. Shunda ularning bir mesh suvdan bo‘lak yo‘l ozigi yo‘q erdi. Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) o‘shal meshdan yo‘l-yo‘lakay suv ichib borib erdilar, sutlari bolalariga mo‘l keldi. Ibrohim alayhissalom Makkaga yetib kelgach, ularni (Bibi Hojar va Ismoil alayhissalomni) bir katta daraxt ostida qoldirdilar-da, (darhol) oilalariga (Shomga) tomon yo‘lga tushdilar. Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) ul kishiga ergashib, Kado' degan yerga yetganlarida ortlaridan chaqirdilar-da: «Ey Ibrohim (alayhissalom), bizni kimga (ishonib) tashlab ketayotirsiz?» - dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Olloh taologa», - dedilar. Bibi Hojar: «Menga Olloh (er bo‘lsa) bas!» - deb qaytib ketdilar. Keyin, ul muhtarama (anchagacha) meshdagi suvdan ichib yurdilar, sutlari bolalariga mo‘l kelib turdi. Meshdagi suv tamom bo‘lgach, (o‘zlariga o‘zlari): «Nariroqlarga borib qarayin-chi, zora biror odamni uchratsam!» - dedilar. So‘ng, yura-yura Safo tepaligiga yetib borib, unga ko‘tarildilar-da, tepadan turib atrofni kuzatdilar. Ammo biror kimsaga ko‘zlari tushmadi. Keyin, vodiyga (o‘g‘ilchalari qolgan yerga) qaytib borgach, sa'y qilib Marva tepaligiga keldilar. Bu harakatni shitob birla qildilar. So‘ng, (o‘zlariga o‘zlari): «Vodiyga qaytay-chi, unga (o‘g‘ilchamga) ne bo‘ldi ekan?» - deya vodiyga borib qarasalar, o‘g‘ilchalari o‘lim talvasasidagi odam singari holatda yotibdi. Uning bu ahvolini ko‘rgach, yuraklari bezovta bo‘lib: «(Yana) borib qarayin-chi, zora biror odamni uchratsam!» - deya (shitob birlan) Safoga bordilar-da, tepasidan turib atrofni rosa kuzatdilar, ammo biror odamni ko‘rmadilar. Shu tariqa (bu yerga) yetti marta kelib ketdilar. So‘ng, (Marva tepasidan atrofni kuzatib turib, hech kimni ko‘rmagach, o‘zlariga o‘zlari): «Borib qarayin-chi, o‘g‘ilchamga ne bo‘ldi ekan?» - deb ham erdilarki, bir ovoz quloqlariga chalindi. Shunda: «Parvardigoro, duo-yu iltijolarimga ijobat qilib, najot ber!» - deb erdilarki, Jabroil alayhissalom namoyon bo‘lib, tovonlari birlan yerni ezdilar. Shunda (erdan) suv otilib chiqdi. Ismoil alayhissalomning onalari (Bibi Hojar) bundan hayratlangancha suv atrofini kavlab hovuzcha qila boshladilar. Abulqosim (Rasululloh) sallallohu alayhi va sallam: «Agar unga tegmaganlarida oqar sup bo‘lgan bo‘lur erdi», - deydilar. So‘ng, Bibi Hojar o‘shal suvdan ichib yurib erdilar, bolalariga sutlari mo‘l keldi. Kunlardap bir kuni (Yamandan) yo‘lga chiqqan Jurhum mahallasi ahli (Bibi Hojar o‘g‘ilchalari birlan turgan) vodiy orqali o‘tib ketayotib (osmonda gir aylanib uchayotgan) bir qushni ko‘rib qolishdi-da, ko‘zlariga ishonmay: «Bu qush faqat suv ustidagina uchib yurur», - deyishdi. Keyin, ular o‘shal tomonga bir necha kishini yuborishib erdi, suv borligini bilib qaytishdi-da, sheriklariga shul haqda xabar qilishdi. Keyin, hammalari Bibi Hojarning huzurlariga borishib: «Ey Ismoil (alayhissalom)ning onasi, bizning siz birlan bo‘lmog‘imizga (siz birlan birga turmog‘imizga) ijozat bergaymisiz?» - deyishdi, (ijozat berganlaridan so‘ng, ular o‘sha yerda yashab qolishdi. Yillar o‘tib) Bibi Hojarning o‘g‘illari voyaga yetdilar va Jurhum ahli ayollaridan biriga uylandilar. Kunlardan bir kuni Ibrohim alayhissalom Bibi Hojar birlan o‘g‘illari yodlariga tushib, Bibi Sorraga: «Men o‘zim tashlab kelgan Bibi Hojar birlan o‘g‘limning holidan xabar olmoqchiman» - deb yo‘lga chiqdilar. Yetib kelgach, salom berdilar-da: «Ismoil qaerda?» - deb ul kishining xotinlaridan so‘radilar. U: «Ov qilgani ketganlar», - dedi. Ibrohim alayhissalom: «Ering uyga qaytganda unga aytgilki, eshigining ostonasini o‘zgartirsin!» - deb tayinladilar. Keyin, Ismoil alayhissalom uylariga qaytgach, xotinlari boyagi gapni aytdi. Ismoil alayhissalom: «Huzuringga kelgan kishi mening otam bo‘ladilar, endi sen taloqsan, uyingga jo‘na!» - dedilar. (Birmuncha vaqt o‘ggach), Ibrohim alayhissalom ularni eslab, Bibi Sorraga: «Men o‘zim tashlab kelgan Bibi Hojar birlan o‘g‘limdan xabar olmoqchiman» - dedilar. Yetib kelgach, Ismoil alayhissalomning (keyingi xotinlariga): «Ismoil qaerda?» - dedilar. U: «Ov qilgani ketganlar. Uyga kiring, biror narsa yeb-ichib oling!» - dedi. Ibrohim alayhissalom: «Ne yeb-ichursizlar?» - dedilar. U: «Yeguligimiz go‘sht va ichimligimiz suv», - dedi. Ibrohim alayhissalom: «Yo parvardigor, ularning taomiga va ichimligiga baraka ato etgaysan!» - deb duo qildilar. Abulqosim (Rasululloh) sallallohu alayhi va sallam: «(Olloh taolo) Ibrohim alayhissalomning duolari tufayli (ularning go‘shtu suviga) baraka (ato etdi)», - dedilar. (Yana birmuncha vaqt o‘tgach), Ibrohim alayhissalom ular yodlariga tushib, Bibi Sorraga: «Men o‘zim tashlab kelgan Bibi Hojar birlan o‘g‘limdan xabar olmoqchiman - dedilar. Kelganlarida Ismoil alayhissalomni zamzam qudug‘ining ortida kamonlarining o‘qini tuzatib turgan holda uchratdilar-da: «Ey Ismoil, parvardigoring o‘ziga uy (Baytulloh) qurib bermog‘imni menga amr qildi», - dedilar. Ismoil alayhissalom: «Parvardigoringizga itoat etingiz!» - dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Parvardigor bu ishda menga yordam bermog‘ingni buyurdi», - dedilar. Ismoil alayhissalom: «Demak, shunday (yoki aytganini) qilurman», - dedilar. Keyin, ikkalalari o‘rinlaridan turishdi, Ibrohim alayhissalom uy qurishni boshladilar, Ismoil alayhissalom ersalar tosh uzatib turdilar. Shunda ikkalalari nuqul: «Yo parvardigorimiz, bizdan (ushbu amalimizni) qabul aylagil, darhaqiqat sen (bizning duomizni) eshitguvchi, bilguvchisan!» - deyishar erdi. Shu tariqa bino baland ko‘tarilib, keksa Ibrohim alayhissalom (yuz yoshda erdilar) toshlarni yuqoriga ko‘tarishga zaiflik qilib qoldilar. Shunda ul kishi bir tosh ustiga chiqib oldilar, Ismoil alayhissalom (o‘ttiz yoshda erdilar) ersalar tosh uzatishda davom etdilar. Ikkalalari nuqul (yana): «Yo parvardigorimiz, bizdan (ushbu amalimizni) qabul aylagil, darhaqiqat sen (bizning duomizni) eshitguvchi, bilguvchisan!» - deyishar erdi». (sahih, Buxoriy rivoyati). Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar Sa'd ibn Abu Vaqqos (Sa'd ibn Molik) raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni menga: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» - deb aytdilar», - deydilar. Sa'd ibn Abu Vaqqos: «Men Olloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib o‘q otgan arabdurman. Biz (sahobalar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azot qilur erdik, daraxt barglaridan o‘zga yeguligimiz bo‘lmas erdi, hattoki ba'zi birimizning ichimiz tuya tezagi yoki qo‘y qumalog‘i kabi erdi. Keyin, Banu Asad menga: «Namozni yaxshi ado etmaysan, ilgarigi amali solihlaringni habata qilding!» - deb tanbeh bera boshladi». (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Категория: Ислам | Просмотров: 1208 | Добавил: uzkino | Теги: Muborak Ramazon oyining 9-KUNI | Рейтинг: 5.0/2

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 0
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024