Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 20
Гостей: 20
Пользователей: 0
Реклама

09:41:30
Qirolning foto ko‘rgazmasi
Qirolning foto ko‘rgazmasi
 
Qirolning foto ko‘rgazmasi

Toshkent Fotosuratlar uyida Tailand Qiroli, fotografiya san’ati bo‘yicha "FotograNica” xalqaro mukofotining sovrindori Pxumipon Adulyadet – Rama IX foto asarlarining ko‘rgazmasi boshlandi.
 
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Tailand Qirolligining mamlakatimizdagi faxriy konsulligi hamkorligida tashkil etildi. Ko‘rgazmaning ochilishida foto san’ati ustalari, musavvirlar, san’atshunos olimlar, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri T.Qo‘ziyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat va san’at sohalarini yanada ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos an’ana va maktablarini boyitish, yoshlarni har jihatdan komil inson etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar O‘zbekistonga jahon miqyosida qiziqish va e’tiborning tobora ortishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
 
Istiqlol yillarida yurtimizning jahon mamlakatlari bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlari tobora ravnaq topib borayotir. Jumladan, mamlakatimiz bilan Tailand Qirolligi o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona aloqalar samarasida ikki davlatning ijodkorlari, musavvirlari, foto va sport ustalari O‘zbekiston va Tailandda o‘tkazilayotgan xalqaro festivallar, san’at haftaliklari, xalqaro biyennalelar, yirik sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
 
Ko‘rgazmada Tailand Qiroli Rama IXning ushbu mamlakat hayoti, bugungi kuni, tabiati, me’moriy obidalari, xalqining udumlari aks ettirilgan o‘ttizdan ortiq foto asarlari namoyish etilmoqda. Fotografiya ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Rama IX "FotograNica” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. "O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, YUNESKOning yurtimizdagi vakolatxonasi hamda Toshkent Fotosuratlar uyi tomonidan 2010 yilda ta’sis etilgan ushbu mukofotga Vatanimiz va jahonning bir qator eng mohir fotoustalari sazovor bo‘lgan.
 
Ko‘rgazma doirasida tailandlik delegatsiya a’zolariga ushbu mukofot tantanali topshirildi.
 
– Ko‘rgazmaga qo‘yilgan suratlar hali bizning vatanimizda ham namoyish qilinmagan, – deydi Tailand Qirolligi Senatining Sport ishlari masalalari qo‘mitasi raisi Narumon xonim Sirivat. – Rama IX hazrati oliylarining "FotograNica” xalqaro mukofoti bilan taqdirlanishi, uning ijodiga mansub ko‘rgazmaning O‘zbekiston poytaxtida namoyish etilishi biz uchun yuksak sharafdir. Yurtingizga tashrif chog‘ida Prezident Islom Karimov rahnamoligida madaniyat, san’at, sport rivoji yo‘lida ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganiga guvoh bo‘ldik. Bularning barchasi xalqingizning yuksak ijodiy-intellektual, yaratuvchanlik va bunyodkorlik salohiyatidan dalolatdir.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Новости фильма | Просмотров: 2257 | Добавил: Filmla | Теги: Qirolning foto ko‘rgazmasi | Рейтинг: 5.0/2

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 0
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024