Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0
Реклама

08:01:41
AT-kompaniyalar yutuqlari siri
AT-kompaniyalar yutuqlari siri
 
AT-kompaniyalar yutuqlari siri

Apple innovatsiya kompaniyasi hisoblanadi, Microsoft esa – an'anaviymi? Haqiqatda ham shundaymi? Zamonaviy yirik AT-kompaniyalarning siri nimada – inqilobiy yondashuvdami yoki aksincha, texnik yaniliklardan voz kechishidami?
 
Ikki yilcha avval Apple kompaniyasi dunyo bozoriga birinchi iPadni chiqarib, planshet komputerlari segmentida haqiqiy inqilobni amalga oshirdi. Biroq, mazkur qurilmaning olamshumul yutuqlariga qaramay, ko‘pchilik tahlilchilar uni bir qarashda ko‘ringanidek, u darajada innovatsion yangilik emasligini ta'kidlashadi. Ularning fikricha, birinchi navbatda, veb-serfing uchun mo‘ljallangan ushbu planshet Flash-roliklarni ko‘rish imkonini bermaydi, unchalik katta bo‘lmagan sensor klaviaturasi matnlarni terishda noqulaylik tug‘diradi. 
 
Sensor ekranlarni yangilik deguvchilar yanglishishadi: zamonaviy planshet sensorlarining prototiplari ancha avval paydo bo‘lgan. Sensor displeyning aniq va tez ishlashi PalmPilot elektron organayzerida 1996 yili namoyish qilingan va yaxshi taassurot qoldirgan. Bu misollar 15 million iPad foydalanuvchilari, 90 million iPhone egalari va 100 milliondan ortiq iPod pleerlari eshituvchilarining tanlovi noto‘g‘ri bo‘lganini bildirmaydi — Apple mahsulotlari ajoyib ishlaydi. Biroq, diqqat bilan qaralsa va tarixi o‘rganilsa, bu mahsulotlar hecham revolyutsion hamda mutlaq yangi g‘oya emasligi ma'lum bo‘ladi. Xo‘sh, unda Apple kompaniyasi qanday qilib o‘z qurilmalarini AT-sanoatda "moda" darajasiga ko‘tarish va millionlab nusxada sotishni uddalayapti? Misol uchun, Microsoft korporatsiyasidan farqli ravishda Apple o‘zining strategik rivojlanish yo‘nalishi: aqlli marketing, taniqli texnologiyalardan muvaffaqiyatli foydalana olish va ayrim arzon mahsulotlarni chiqarish hisobiga bu yutuqlarga erishmoqda. 
 
Barcha yangiliklar — bu butkul esdan chiqarilgan eskiliklarmi?
 
Apple kompaniyasining ilk qurilmalari raqobatchilariga yaqqol yutqazar edi. Misol uchun, ilk monoblok — iMacni esga olish kifoya. Kichik ekranga ega, diskovodi mavjud bo‘lmagan bu qurilma o‘sha davrning muqobillaridan ancha sekin ishlardi. Ammo, unda qandaydir yangiliklar bor edi.
 
O‘zi istalgan innovatsion yangilik avvaliga bozorning imkon qadar arzon qatlamini egallashi kerak ekan. Bunga misollar ko‘p. Masalan, Philips 1963 yili magnit lentali birinchi audiokassetani taqdim qilgandi. Uzoq yillar davomida tahlilchilar sifati plastinkachalik yuqori bo‘lmagan ushbu lentali kassetaning bunchalar muvaffaqiyat qozonganini tushuntirib bera olishmadi. Philipsning 1980 yili chiqargan energiya tejovchi lampasi ham ommalashib ketgandi. Binobarin, u juda og‘ir va sekin yonadigan, tez-tez yonib-o‘chadigan lampa edi. Bundan tashqari, 1980-yillar oxirlarida paydo bo‘lgan birinchi raqamli fotokameralar sifati plyonkali fotoapparat tushirgan rasm oldida juda sifatsiz edi. Albatta, tan olish kerakki, audiokasseta birmuncha qulay, energiya tejovchi lampa esa uzoq ishlatilsa samarali, raqamli fotokamera esa tezkorroq edi. Shularning hisobiga ham bu mahsulotlarga bozorda o‘rin topildi. 
 
Apple kompaniyasi ham ongli ravishda o‘z qurilmalari funksionalligini cheklaydi. Bir vaqtning o‘zida o‘z mahsulotlarida avvallari boshqa firmalar tomonidan o‘ylab topilgan standartlarni qo‘llaydi. Bunga misol qilib, multimediya formatlari — AAS yoki MR4, shuningdek, DisplayPort va Thunderbolt interfeyslarini ko‘rsatish mumkin.
 
1979 yili chiqarilgan kompakt audiokassetalarda ishlovchi Sony Walkman diktofoni innovatsion mahsulot emasdi. Texnik nuqtai nazardan olib qaraganda, audiokasseta plyonkasidagi dioksid xrom qoplamasi ko‘proq yangilik hisoblanardi. Ammo, bugun biz "dioksid xrom" nimaligini unutdik, Walkman esa ko‘plab portativ musiqiy qurilmalarning sinonimiga aylandi. Apple iPod multimediya pleeri endi bozorda paydo bo‘lganida unga ham novatorlik mahsuli sifatida qaralgandi. Biroq, turli xil MP3-pleerlar paydo bo‘lganiga to‘rt yildan oshgandi. 
 
Nima uchun revolyutsion deb ta'riflangan mahsulotlar asosan eskirgan texnik yechimlarga asoslangan? Muvaffaqiyat sababi ham shunda - qachonlardir ma'lum bo‘lib ulgurgan texnologiyalardan unumli va aqlli foydalanilsa, qaysidir yo‘nalishda olamshumul natijalarga erishish mumkin. Bunday yondashuvda kompaniyaning dearli raqobatchisi bo‘lmaydi. Va teskarisi: iste'dodli muhandislar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alohida innovatsiyalar ko‘plab muqobillari bilan kuchli raqobatga kirishadi. Bu sohada yangilar uchun dearli imkoniyat yo‘q — bu tajribali mutaxassislarga ega yirik kompaniyalar sohasi. 
 
Tayanch va portlovchi innovatsiyalar
 
Biz yashirin tarzda amalga oshayotgan texnik innovatsiyalarni sezmay qolamiz. Misol uchun, bugun qattiq disklar uchun bir-ikki terabayt hajm standartligiga hech kim hayron bo‘lmaydi. Binobarin, buning ortida ulkan muhandislik san'ati yotibdi. Bunday ishlanmalarni innovatsiya maqomidan mahrum qilamiz. Bunday fenomenni tushuntirib berish uchun Garvard universitetining taniqli tadqiqotchisi Kleyton Kristensen portlovchi va tayanch innovatsiyalar tushunchasini kiritdi. 
 
Muvaffaqiyat qozongan kompaniyalar o‘z sohalaridagi evolyutsion o‘zgarishlarga osongina javob qaytara olishadi. Ularga bozordagi keskin o‘zgarishlarga, aniqrog‘i, portlovchi innovatsiyalarga bardosh berish va moslashish ancha qiyin. Bu atama ostida bozorni o‘zgartirish kuchiga ega yangi ishlanmalar nazarda tutiladi. Kristensen modeliga ko‘ra, bozorda qandaydir yangi texnologiya paydo bo‘lgan zahoti mukammal tarzda bo‘lmaydi va unga talab ham kamroq bo‘ladi. Hammasi innovatsiya o‘ziga xaridor topganida - qurilmadagi ayrim yangiliklar uchun uning kamchiliklaridan ko‘z yumuvchilar chiqa boshlaganida o‘zgaradi. Xaridor qo‘lga kiritilishi zahoti texnologiya rivojlantirilib va mukammashtirilib boriladi, yangi qurilmalarni ishlab chiqarish hajmi oshadi. Ilgari bozorni egallab turgan mahsulot yoki xizmatlarni siqib chiqarish fursati keladi. Bir so‘z bilan aytganda, innovatsiya portlovchi kuchga ega bo‘ladi. Misol uchun, shaxsiy komputerlar birinchi EHMlarga nisbatan portlovchi innovatsiya bo‘lgandi. 
 
Tayanch innovatsiyalar amalda mavjud bo‘lgan bazaviy texnologiyalarni takomillashtiradi. Bunday yondashuv hisobiga iste'molchilar tomonidan baholangan mahsulot yoki xizmatning parametrlari yanada yaxshilanadi. Misol, Compaq kompaniyasi tomonidan 1990 yillardagi qurilmalarida ishlatgan 16 bitli 286-protsessor o‘rniga Intel 32 bitli 386-protsessorni ishlatishi tayanch innovatsiyasi hisoblanadi. 
 
Muvaffaqiyat formulasi: Apple vs Microsoft
 
Shubha yo‘qki, o‘z mahsulotlari atrofida bu darajada shov-shuv ko‘tarishga Apple osonlikcha erishgani yo‘q. Biroq, bu bozorga texnologik jihatdan yorib kirish emas, ko‘proq marketing va ijtimoiy xarakterdagi yutuq hisoblanadi. 
 
Microsoft kompaniyasining yondashuvi butkul o‘zgacha: tayanch innovatsiya mavjud mahsulotlar oilasini takomillashtirishga qaratiladi. Bu — muhandislik va tadqiqotchilik laboratoriyalari olami, shuningdek, hech kimning ko‘ziga ko‘rinmaydigan, ammo dunyoni o‘zgartira oladigan minglab kichik yangi ishlanmalar. Bu — Microsoft olami.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Новости фильма | Просмотров: 1693 | Добавил: Filmla | Теги: AT-kompaniyalar yutuqlari siri | Рейтинг: 5.0/2

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 2
avatar
1 Filmla • 08:02:25, 25.10.2011 [Материал]
wink
avatar
2 pi100let • 14:57:38, 25.10.2011 [Материал]
cool
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024