Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 16
Гостей: 16
Пользователей: 0
Реклама

15:03:59
“OLTIN GЕPARD” TOSHKЕNT XALQARO KINOFORUM
“OLTIN GЕPARD” TOSHKЕNT XALQARO KINOFORUM
 
"OLTIN GЕPARD” TOSHKЕNT XALQARO KINOFORUM

O’zbek kinosi tarixida yana bir yangi muhim voqea ro’y berdi. Qip-qizil cho’g’dek gilamlar ustidan yurib o’tayotgan mashhurlar, ularni ketma-ket suratga olayotgan fotomuxbirlaru, o’nlab jurnalistlar, telekameralar, intervyular... Bu jarayonni biz ko’pincha xorij kinosi olamidagi eng nufuzli taqdimot marosimlari ko’rardik, hatto yurtimiz kinosi mashhurlari ham bunday jarayonni ich-ichidan orzu qilgani sir emas. Kimlar yetib, kimlar yetmas... deganlaridek, bugungi kunning mashhurlari ham, endigina kino olamiga kirib kelayotgan yoshlari ham naqadar baxtli ekanliklarini shu kunlarda poytaxtimizda bo’lib o’tayotgan "Oltin gepard” kinoforumi jarayonlaridan bilib olishdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Negaki, kecha shunday nufuzli marosimning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
 
 
 
18:00.
 
Yoshlar ijod saroyi oldiga tumonat odam yig’ilgan. Ularning 70 foizi yurtimiz kinosi va estrada san’atining yorqin qiyofalari edi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Qolgan 30 foizini esa o’zbek jurnalistikasining yorqin qiyofalari tashkil etgandi. Hayajonli daqiqalar boshlandi. Birin-ketin nomi e’lon qilinganlar qizil gilamlar ustidan o’tib zal ichkarisiga yo’l ola boshlashdi. Suratlaru, olqishlar... Bu har qanday ijodkor uchun yoqimli holat ekanligini payqash qiyin emasdi.

“OLTIN GЕPARD” TOSHKЕNT XALQARO KINOFORUM

Xullas, bu jarayon tugagach, birinchi zalga kirdik. Bu yerda ro’yxatga olish ishlari va o’zbekcha qilib aytganda tanish-bilishlarning salom-aliklari avj olgan edi. Shu boisdan ham odam gavjum, kim kim bilan suhbatlashayotganini ham bilib bo’lmasdi. Ikkinchi zalda esa OAV vakillarining intervyulari avj olgan. Zalning turli joylarida qaysidir telekanal, radio va matbuot, internet saytlari jurnalistlari ham forumning qaysidir ishtirokchisi yoki tashrif buyurgan mehmonlardan suhbat olish bilan ovora. Nihoyat, bu jarayonlar tugab, barcha uchinchi tomosha zaliga joylashdi. Marosimning tantanali ochilishi aynan shu zalda va uning marosimga xos sahnasida o’tishi rejalashtirilgan edi.
 
Sahnaning ikki tomoniga oltin gepard tasviri tushirilgan va uning tepasiga "OLTIN GЕPARD”. TOSHKЕNT XALQARO KINOFORUMI”, degan yozuvlar aks etgandi. Sahnaning o’ng tomoniga esa oltita ustunchalar qo’yilgan bo’lib, keyinchalik bu ustunchalar ustiga oltita nominatsiya bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritganlarga topshiriladigan kinoforumning oltita haqiqiy oltindan yasalgan haykalchalari keltirib qo’yildi.
 
 
 
Tashrif buyurgan mashhurlarga nazar tashlaymiz:
 
O’zbekiston xalq artistlari Yoqub Ahmedov, Yodgor Sa’diyev, Erkin Komilov, Gulchehra Jamilova, Murod Rajabov, Turg’un Azizov, Farrux Zokirov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artistlar Saida Rametova, Lola Eltoyeva, Rayhon G’aniyeva, Fotima Rejametova va boshqalarni ko’rish mumkin edi. 
 
Mashhur ijodkorlardan esa Karim Mirhodiyev, Rustam Sa’dullayev, Dilorom Egamberdiyeva, Bobur Yo’ldoshev, Lola, Ulug’bek Qodirov, Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Zarina Nizomiddinova, Jamila G’ofurova, Dilnoza Kubayeva, Aziz Rametov, Sanjar Shodiyev, Jahongir Poziljonov, Ruxshona, Umidaxon, "Bayon” guruhidagi Oybek, Yodgor Mirzajonov, Otabek Mutalxo’jayev, Nilufar Usmonova, Manzura, Shahzoda Matchonova va yana o’nlab mashhurlar tomoshabinning ko’z o’ngida zohir bo’lishdi. 
 
 
 
19:00
 
Nihoyat, ochilish marosimi boshlandi. Ekranda o’zbek kinosi tarixiga oid bo’lgan lavha namoyish etilganidan so’ng, sahnaga marosim boshlovchilari sifatida tayinlangan aktyor Bobur Yo’ldoshev va boshlovchi Nilufar Sotvoldiyevalar chiqib kelishdi. Boburda biroz hayajonlanish bo’ldi, lekin u buni keyinchalik to’g’irlay oldi. Ammo Nilufarning mahoratiga gap yo’q. Rus va ingliz tilida olib borilgan dialoglar ko’pchilikning olqishiga ham sazovor bo’ldi. So’ng sahnaga "Abbos”,ortidan "Sato” guruhlari taklif etildi. Milliy musiqa asboblarida ijro etilgan jahonning mashhur kuylari ko’pchilikka yoqqanligini ta’kidlash kerak. Musiqiy qismning so’nggi ijrochisi Rayhon bo’ldi. "Sabo” milliy raqs ansambli bilan birgalikda qilingan chiqish ham tomoshabinlarning olqishlaridan chetda qolmadi. Keyin kinoforumning hakamlar hay’ati a’zolari taklif etildi va kinoforum bayrog’i ko’tarildi. Bu 19 oktyabrdan birinchi Toshkent xalqaro kinoforumi ochilganidan darak berardi. Shundan so’ng yaponiyalik kinoijodkorlarning festival uchun tayyorlangan filmi taqdimotiga navbat berildi.

Прикрепления: Картинка 1 · Картинка 2
Категория: Шоу бизнес | Просмотров: 3475 | Добавил: Filmla | Теги: “OLTIN GЕPARD” TOSHKЕNT XALQARO KIN | Рейтинг: 5.0/2

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 1
avatar
1 pi100let • 16:23:12, 27.10.2011 [Материал]
cool
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024