Приветствую Вас Mehmon | RSS


Статистика
Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0
Реклама

06:14:00
UMR O'TAVERADI...SIZ UNI YASHAB BITIRASIZ...BAXTGA QACHON YETASIZ?
UMR O'TAVERADI...SIZ UNI YASHAB BITIRASIZ...BAXTGA QACHON YETASIZ?
 
UMR O'TAVERADI...SIZ UNI YASHAB BITIRASIZ...BAXTGA QACHON YETASIZ?
 

Ba`zan bu Dunyoning firibi, boylik vasvasasiga tushgan odamlari, dindor bo`lib dinini mahkam tutolmay, yana  kimlargadir aql o`rgatadigan aqllilari, yuzingga qarab kulib orqangdan xanjar uradigan do`stlar, tirnoqqa zor oilalar-u, yangi tug`ilgan chaqalog`ini hech ikkilanmasdan axlatga tashlaydigan fohishalari… Qisqasi, bu Dunyoning boridan to`yganda ko`chada hammaga kulgi bo`lib yurgan devonaga havasim keladi, ustimdan kulsangiz ham aytaman: ha o`sha biz masxaralayotgan devonaga havas qilaman. Chunki u bizni ayblarimizni o`zimiz hatto oynada ko`rolmaydigan nuqsonlarimiz aksini ko`rsatadi. Biz esa bundan umuman bexabar holda majnunsifat devonaning ko`rsatayotgan qiliqlariga qarab qotib-qotib kulamiz. Bu devona hatto olimu fuzalolar ming mashaqqat bilan o`rgangan hayot darsidan saboq berayotganligini biz tushunib yetmaymiz. Xokisorlik, Oshiqlik, Armon, Dard va Ko`ngil darsidan. Devonani gapirtirib o`z telefonlariga kichik bir film qilib tushirib keyin atrofdagilariga ko`rsatib kulib qanchadan qancha  gunohni o`zlariga sotib  olayotgan odamlarimiz, hech ikkilanmasdan, butun dunyoga jar solgudek mana ko`rib qo`yinglar mening mahallamda, mening ko`chamda mana shunday devona bor deb nimaga erishishar ekan. Oldin sen o`zingga boq do`stim. Bu devonani ertaga beradigan hisobi yo`q lekin senc-hi? Qisqasi, bir-birimizni ustimizdan kulish,bir- birimizni balchiqqa bulash bilan kunimiz o`tayapti...Bir qo`shnimiz ozgina boyib qolsa, bu bechorani qara "ko`rmaganni ko`rgani qursin” deymiz…Lekin o`sha boylikni Xudo bizga bersa o`sha qo`shnimizdan besh battar tamoshani ko`rasiiz....Aziz aka-opalar unutmaylik senga, menga, unga berilgan har bir ortiqcha qism yoki bo`lak albatta atrofimizdagi kimningdir haqqidir. Faqat Alloh bizni bu o`tkinchi dunyoda  boylikda sinash uchun o`sha akamizni yoki ukamizni yoki qo`shnimizning haqini bizga bergan...Biz boymiz deb g`ururlanib ich-ichimizdan sevinib, et olib yurgandan ko`ra mahalladan yordam pulini olib kuniga etkaza olmaydigan qo`shnimizning holidan ozgina bo`lsa ham xabardormizmi? Shu haqda o`ylaymizmi? Baribir yi`gib-qurib hech narsaga erishmaymiz, yarimta non bilan to`yadigan bu qorinni kajavaday qilib qo`lda tillo soatlarda, uyimiz to`la o`zimizga o`xshagan kazo-kazolar, har kuni jiz, tandir kabob eb bir kichkina  idishda bo`lsa ham qo`shnimizga uzatishni xotir qildikmi? Yo`q albatta...Qo`shnimiz esa uyimizdan chiqayotgan anvoyi hidlardan to`yib-to`yib hidlayotgan bolasiga, bolam unaqa qilma uyat bo`ladi deyishdan nariga o`tmaydi, chetroqqa borib qo`li kaltaligidan o`ksinib yig`lab qo`yadigan holatlar yo`q deysizmi? Qo`shnimizning pul so`rab chiqishidagi holatgacha bormaylik. Ketmon so`rasin-chi? Ba`zilarimiz ana hovli to`rida hech kimga keragi bo`lmay chang bosib  turgan ketmonimizni ham yashiramiz...Ketmonni amakisi olib ketuvdi-ya...Bir-birimizga bo`lgan hasadimiz shunchalik kuchliki, agar bunaqa hasad eng zaharli deganimiz chipor ilonda bo`lsa hasad zahrini tanasida qanday saqlashni bilmay ilonni o`zi xam til tortmay o`lardi, lekin biz o`lmay bu zaharni oxirigacha olib borishga ahd qilamiz, bir qancha odamlarni o`ldirib ana undan keyin o`zimiz behol bo`lib yiqilamiz. Janozamizga kelganlar esa juda yaxshi odam edi. Alloh rahmatiga olsin deb qo`yishadi. Ular ham nima desin bechoralar… Ha bir umr shu ko`cha loyga to`lgandi, cho`ntagidan bir so`m chiqarib, kelinglar shu ko`chani tekislab asfalt qilaylik, savob bo`ladi demagan odam edi deyishsinmi? Yo`q bizni Xalqimiz chumoliga ham ozor bermaydigan, andisha bilan yashaydigan, birovning yuziga tik qarab kamchiligini yuziga soladigan yoki tuhmat qiladiganlardan emas... Orasida  bitta-ikkika bo`lsa bordur, Ularni yaxshiliklarimiz bilan bir-ikki marta uyaltirsak yaxshilar safiga tushishadi...Bizda ham boylar kam emas lekin har safar uyga dam olsihga borganda bir narsani guvohi bo`laman, kambag`al Xudoga shukur deb yashab yuribti lekin tagida qo`sha-qo`sha "Lacetti”si bor odam, bundaylar kim boymi? Ularning ikkta "Lacetti”si bor ekan demak, ular millioner, ular nimadan noliydi? Voy falon narsa falon narx bo`p ketdi, piston narsa falon narx bo`p ketdi, baraka topgur siz sarf qilgan charlarini puliga evropalik o`rtahol oila bir oy ro`zg`or tebratishini bilsangiz ko`zingiz chiqib ketarmidi. Halolingiz bo`lsin. Borida isrof qilmay, eb-ichishga nima etsin lekin isrof ham katta uvol. Bu esa gunohdir. Hasad, Ig`vo, Nafs, molparastlik bu bizning borimizni eb bitirayotgan illatlardir. Mana shu illatlardan poklansak, shuning o`zi Allohning dargohida ulug` ibodatday qabul bo`ladi InshaAllah…

Alisher Ahmedov

 

Прикрепления: Картинка 1
Категория: Новости фильма | Просмотров: 1848 | Добавил: Filmla | Теги: UMR O'TAVERADI...SIZ UNI YASHAB BIT | Рейтинг: 5.0/2

Дустлар билан улашинг



Всего комментариев: 1
avatar
1 uzkino • 06:16:15, 14.08.2011 [Материал]
wink
avatar
  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024